Odatda sementning yaroqlilik muddati uning qadog‘ida ko‘rsatiladi. Bu vaqt davomida mahsulot yopiq, quruq va havo yaxshi aylanadigan joyda turishi kerak. Agar sementga ozroq suv tegib ketsa ham, gidratsiya jarayoni boshlanadi va uni orqaga qaytarib bo‘lmaydi, bu mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qumoq shakliga kelib qolgan sementdan qorishma tayyorlashda foydalanish tavsiya etilmaydi. Shu sababli ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmalariga to‘liq amal qilish muhim. «Turon Eco Cement» bu borada sizga barcha kerakli ko‘rsatmalarni taqdim etadi.
«Turon Eco Cement » korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan sement mahsulotlari doimiy ravishda laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkaziladi. Shu o‘rinda, zavodning o‘z laboratoriyasi mavjud ekanligi va uning zamonaviy uskunalar bilan jihozlanganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Bu kabi imkoniyat bilan mahsulotlar sifati doimiy nazorat ostida bo‘ladi,
Savdo sohasi va qurilish bozorida ko‘p yillardan beri mijozlarning ishonchiga sazovor bo‘lgan, ana shu tajriba asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni siz bilan baham ko‘rishga tayyor turgan mutaxassislar ko‘nikmasiga qo‘rqmay ishonch bildirishingiz mumkin. Ko‘p yillik tajriba, zamonaviy imkoniyatlar, qurilish sohasining yetuk mutaxassislari mehnat mahsulidan bahramand bo‘ling. Sizni mijozlar safida ko‘rishdan mamnunmiz! «Turon Eco Cement» – ishonchli hamkoringizga aylanadi! Sement narxi kelishuv asosida belgilanadi.