Har qanday sement turi uchun eng muhim sifat – uning chidamliligidir. Sement markasi qancha katta bo‘lsa, undan tayyorlanuvchi betonning xizmat qilish muddati va sifati ham shunchalik yaxshi bo‘ladi. Portlandsement M500ni odatda imoraat poydevori uchun ishlatishadi. Bundan tashqari M500 markali sementni quyidagi maqsadlarda qo‘llaydilar:
Portlandsement M500ni barakali mahsulot deb ta’riflashlari bejizga emas. Qurilish sohasidagi tajribalar shuni ko‘rsatadiki, M500 sement narxi nisbatan qimmatroq bo‘lsa ham, iqtisodiy jihatdan uni sotib olish foydaliroqdir. Uning sarflanish me’yorlari boshqa markali sement mahsulotlaridan ajralib turadi.
1. M500 suvga nisbatan o‘ta chidamli bo‘ladi. To‘liq qurigan sement tarkibi mutlaqo suv o‘tkazmaydi, shuning uchun sifatli sement asosida qurilgan imoratlar namlik tufayli o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi.
2. Sovuqqa bardosh bera oladi. Portlandsement M500ni sovuq iqlim sharoitlariga ega hududlarda bemalol ishlatish mumkin. Keskin havo o‘zgarishlari unga ta’sir qilmaydi, material sovuqqa bardosh berish borasida F70 sinfiga mansub deb topilgan.
3. M500 juda ham chidamli bo‘ladi. Sifatli sement konstuksiyalari katta statik yuklarga bardosh bera oladi, shu sababli uni yuqori bosimga to‘qnash keluvchi binolar uchun ikkilanmasdan ishlatsa bo‘ladi.
4. Portlandsement M500 foydalanish uchun juda qulay. Qorishmani tayyorlash uchun suv, sement, shag‘al va qumni ma’lum miqdorda aralashtirish kifoya (miqdor ko‘rsatkichlari qanday beton hosil qilinishiga qarab belgilanadi).
5. Kimyoviy inertlik ham muhim jihatlarning biridir. Sement M500 tarkibi asosida tayyorlangan qurilish konstruksiyalari konsentratsiyalashgan ishqor, kislota va tuzlar ta’siri ostida yorilib ketmaydi.
«Turon Eco Cement» taqdim etayotgan M500 markali sement narxi hamyonbop ekanligi bilan ham sizga ma’qul keladi. Korxona ulgurji sement mahsulotlarini taklif qiladi va ularga kafolat beradi. Mahsulot zaruriy sifat sertifikatlariga ega.