Yiliga 600 ming tonna tsement

Sement, Beton, Gips
ishlab chiqaruvchining o'zidan!

Raqobatbardosh va Hamyonbop Narxlar

Buyurtma
  • Telefon
  • +998555000003
    +998903615555
  • Pochta
  • turon_ferro@mail.ru
  • Ish vaqti
  • 24/7 rejimida ishlaymiz
  • Manzil
  • Farg'ona
    Qo'qon Erkin
    Iqtisodiy zonasi

Qayta aloqa formasi

Turon Beton

Beton Tarkibi

“Turon Beton”dan oliy sifatli beton mahsulotlari laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tgan va maxsus sertifikatga ega. Biz uchun har bir mijozning istaklari va tanlovi juda muhimdir! Zamonaviy qurilish bozorlarida beton yetakchi poziyalardan birini egallaydi. Bugungi kunda mazkur materialsiz ishlay olish imkoniyatining o‘zi mavjud emas. Sement ixtiro qilingan vaqtlardan beri beton mahsulotlari ham doimiy ravishda takomillashib kelgan. Garchi uning asosiy tarkibini haligacha sement, qum, shag‘al, suv va qo‘shimchalar tashkil qilsa ham, tayyorlash usuli sezilarli darajada o‘zgargan. Betonning turli markalaridan turfa obyektlar hamda inshootlar uchun o‘z o‘rnida foydalanish uning sifati, uzoq muddat xizmat qilish imkoniyati va ishonchliligini oshiradi.

Beton – ma’lum tarkibga ega bo‘lgan aralashma hisoblanadi, u qotgan vaqtida monolit toshga o‘xshash material hosil qiladi. Beton aralashmasi tarkibini biriktiruvchi moddalar, to‘ldirgichlar, suv va kimyoviy faol moddalar tashkil qiladi. Odatda beton aralashmasidagi biriktiruvchi modda sifatida sement ishlatilsa, to‘ldirgich vazifasini mayda shag‘al hamda qum o‘tab beradi.

Biriktiruvchi modda sifatida ba’zan boshqa elementlar ham ishlatilishi mumkin, oqibatda silikat, gips hamda polimerbetonlar hosil bo‘ladi.

Beton Markasi

Beton harid qilish vaqtida uning markasiga ahamiyat qaratish juda muhim. Standart beton markalari – M100, M150, M200, M250, M300, M350, M400, M450, M550 va M600 hisoblanadi. Bu nimani anglatadi? Marka – betonning mustahkamlik ko‘rsatkichdir. “M” harfi yonidagi raqam qanchalar katta bo‘lsa, betonning mustahkamligi, sovuqqa bardosh bera olishi hamda suv o‘tkazmaslik imkoniyati shunchalik kuchli bo‘ladi.

Turon Beton zavodi ko'plab turdagi temir beton mahsulotlari ishlab chiqaradi

Beton Plitalari

Beton asosida ishlab chiqarilgan plitalar qurilishning muhim qismi bo‘lib, ular bo‘lmagan holatda ko‘p qavatli va sanoat binolarini qurish imkoni mavjud bo‘lmasdi. Shuningdek, beton plitalar shaxsiy uylar qurilishida ham ishlatiladi. Ko‘p qavatli binolar qurilishida beton plitalari qavatlarni shakllantirishga yordam beradi.

Ushbu qurilish elementi jarayonni osonlashtirish bilan birga uning uchun sarf etiladigan muddatni ham keskin qisqartira oladi. Beton plitalar bir qator afzalliklarga ega: ular olovga chidamli, issiqlik va shovqin izolyatsiyasini ta’minlaydi, hid chiqarmaydi va korroziyaga uchramaydi. Bunda tashqari, har qanday bezak ishlari uchun munosib, chidamli, ishonchli material hisoblanadi. Shuni ishonch bilan ta’kidlash mumkinki, beton – qurilish sohasida ishlatiladigan eng talabgir va universal material hisoblanadi. Uning yordami bilan nafaqat mayda, balki yirik qurilish ishlarini amalga oshirish mumkin. Sifatli beton esa qurilayotgan imorat sifatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ishonchli beton mahsulotlarini qayerdan sotib olishni bilmayapsizmi?

Bu borada “Turon Beton” sizga yordam berish uchun shay! Oliy toifali mutaxassislar nazorati ostida ishlab chiqarilgan beqiyos mahsulot sifatidan bahramand bo‘ling!

300
ming
YILIGA
KUB BETON

Yetkazib berish xizmati

mahsulotlarni yetkazib berish
mahsulotlarni yetkazib berish
mahsulotlarni yetkazib berish
300
ming
YILIGA
KUB BETON

Beton nimalarga ishlatiladi?

Beton aralashmasining turlari juda ham ko‘p, shu sababli uning aynan nima uchun ishlatilishi aralashma tarkibiga qarab belgilanadi. Beton aralashmasi ichiga ko‘p hollarda turli kimyoviy faol qo‘shimchalar qo‘shiladi, ular betonga yanada ko‘proq xususiyatlar – sovuqqa bardosh bera olish, mustahkamlik, suv o‘tkazmaslik imkoniyatlarini taqdim qiladi. Shu sababli beton juda mashhur va universal mahsulotdir. U asosan quyidagilar uchun qo‘llaniladi:

• Qurilish elementlari va konstruksiyalarni mustahkamlash;
• Binolarning tashqi va ichki qismini qoplash;
• Choklarni yopish;
• Bino asosi – poydevor quyish;
• Turli yordamchi ta’mirlash va qurilish ishlari;
• Yo‘l qurilishi (avtomobil trassalarini qurish);
• Ko‘priklar, damba, to‘g‘on va basseynlar qurilishi;
• Beton plitalarini ishlab chiqarish;
• Temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarish (beton konstruksiyalarini metall karkas bilan armaturalash);
• Binolar interyerini hosil qilish (beton devor, ustun, pol);
• Tabiiy tosh imitatsiyasi (dekorativ beton).

Qurilish kompaniyalari uchun raqobatbardosh narxlar

Ba'zi mijozlarimizning mulohazalari

Internetdan qidirib, Turon Betonni tanlashga qaror qildim. Ular istalgan miqdordagi mahsulotlarni yetkazib berishlari mumkin, ularda barcha turdagi beton mahsulotlari bor. Agar siz sifatli betonni arzonroq narxda sotib olishni istasangiz, uni to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqaruvchidan sotib oling.

Toshkentda dalahovli egasi

Biz qurilishimiz uchun Turon Beton mahsulotlaridan foydalanganmiz. Ular qurilish kompaniyalariga juda raqobatbardosh narxlarni taklif qilishadi va bizning obro'yimiz biz quradigan binolarning sifatiga bog'liqligini tushunishadi. Biz Turon Betonni tavsiya qilamiz.

Qurilish kompaniyasi mutaxassisi

Ushbu sohada 5 yildan ortiq

Biz bilan boshidanoq ishlaydigan ko’pgina xodimlarimiz o’z sohasining professionallari. Biz ularga ishonamiz va qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanamiz.

Xodimlar
+
Sertifikatlar
+
Mukofotlar
+

Yangiliklar

Antik davrda sement!

📌 Olimlarning hisoblashicha, bugun qurilish uchun eng asosiy mahsulot hisoblangan sement bundan 12 million yil avval tabiiy ravishda shakllangan ekan. 🗿 Qadimgi davlatlar – Ossuriya va bobilliklar loyni ushlab turish uchun qisman sementdan foydalanishgan. Qurilishda tengsiz bo‘lgan misrliklar esa ohak va gipsli sement ishlatishgan. 🏛 Muhtasham Rimda qurilish materiali sifatida sement qo‘shilgan betonning qabul qilinishi […]

Sement haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

📌 Hayotimizga chambarchas bog‘lanib ketgan sement haqida nimalarni bilasiz? Keling, qisqa faktlar bilan bo‘lishamiz: 🔹 Qadimgi Misrda sement Misrning maxfiy labirintlari va Nimus piramidasi qurish jarayojlarida keng ishlatilgan. 🔸 Eramizdan 2000 yil oldin sementdan Rim akveduki (ulkan suv o‘tkazgichi) qurilgan. 🔹 1824-yilda ingliz tadqiqotchisi D. Aspind sement tayyorlashga ruxsat oldi. Uzoq samarasiz tadqiqotlardan so‘ng, olim, […]

Portlandsementning yaratilish tarixi

☑️ Portlandsement sementning boshqa turlariga nisbatan dunyo bo‘ylab keng tarqalgan va u ko‘plarning tanlovi. ⏳ Uning tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Portland sement nomi ingliz tilidan olingan. Aslida, Portland Buyuk Britaniya shaharlaridan birining nomi. 🔘 Sementning ushbu turi yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgani sabab XX asr o‘rtalarida romansementni ortda qoldirdi. 📄 Porlandsementning tarkibi, asosan, kalsiy silikatlardan iborat. […]

Hamkorlarimiz

Manzilimiz