10 yildan ortiq yetakchilar qatoridamiz!

Sement, Beton, Gips
ishlab chiqaruvchining o'zidan!

Raqobatbardosh va Hamyonbop Narxlar

Buyurtma
  • Telefon
  • +998555000002
    +998999939991
  • Pochta
  • email@example.com
  • Ish vaqti
  • 24/7 rejimida ishlaymiz
  • Manzil
  • Farg'ona
    Oʻzbekiston t.
    Shorsuv shahri

Qayta aloqa formasi

Gips nima va u qayerda ishlatiladi?

Qurilish gipsi sulfat sinfiga mansub bo‘lgan tabiiy mineral. Modda molekulasida ikkita suv atomi bo‘lgani sababli uni ko‘p holatlarda «kalsiy diakva sulfati» deb ham ataydilar. Katta miqdordagi teshiklarga ega bo‘lgan tuzilish uning ijobiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, bu mahsulotning yuqori haroratga nisbatan chidamli ekanligini bildiradi.

Qotgan gipsning optimal g‘ovaklilik darajasi 40-60%ni tashkil qilishi kerak. Agar bu ko‘rsatkich oshib ketadigan bo‘lsa, mahsulot mo‘rt hamda sinishga moyil bo‘lib qoladi. G‘ovaklilik darajasi esa uning qorishma tayyorlashda qancha miqdordagi suv bilan aralashtirilganiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

Gipsni juda tez tayyorlash va tez ishlatish kerak. Agar qattiqlasha boshlagan gips suv bilan ko‘p aralashtiriladigan bo‘lsa, qattiqlashishdan to‘xtab qoladi.
Gipsni saqlash muddati katta emas, uni polietilen paketlarga mahkam o‘ragancha, havo hamda namlik kirmaydigan holatda saqlash kerak.

Eng muhimi, sifat talabga javob berishi lozim. Sifatsiz mahsulot bilan sifatli qurilish qilib bo‘lmaydi, faqatgina oliy sifatga ega mahsulot sizga ko‘p yillar xizmat qiladigan inshootni barpo qilishda yordam beradi. Bu kabi ishonchli qurilish materilini esa «Euro Gips»dan xarid qilishingiz mumkin. Korxonamiz qurilish bozorida katta obro‘ qozongan.

Biz 5 yillik faoliyatimiz davomida ko‘plab yetakchi qurilish kompaniyalari bilan hamkorlik qildik va ushbu jarayon haligacha davom etib kelmoqda. Mijozlarimizning barchasi bizning qurilish materiallariga ham, ishlab chiqaruvchi korxonaga ham katta ishonch bildirishadi. Mahsulotlar narxini belgilashda aholi vakillarining xaridorlik imkoniyatlari hisobga olinadi, bizning gips Farg‘ona viloyati bilan bir qatorda butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘z mijozlariga ega bo‘lib ulgurgan. Zavodda ishlab chiqariluvchi gips mahsulotlari yillar davomida sinovdan o‘tgan. O‘zbekiston bozorlaridagi yetakchi korxonalardan biri bo‘lgan «Euro Gips»ning oliy sifatli qurilish materiallari bilan orzuingizdagi imoratni osongina barpo qila olasiz. O‘zining qurilish materiallari bilan O‘zbekiston bozorlarida munosib o‘ringa sazovor bo‘lgan korxonamiz sizni ham mamnun qila olishiga ishonamiz. Tez orada siz ham doimiy mijozlar qatoridan o‘rin olsangiz ajabmas. Yetkazib berish xizmati Farg‘ona viloyati uchun amal qiladi. Mahsulotlarimizning barchasi zaruriy sifat sertifikatlariga ega va laboratoriya nazorati ostida ishlab chiqariladi. Orzuingizdagi uy ko‘rinishini bizning mahsulotlar bilan birga yarating!

?>

Ma'lumotlar

Gips va Alebastr bitta narsami?
Ko‘pchilik gips hamda alebastr orasidagi farqdan xabardor emas. Ammo, ular orasida ma’lum farq mavjud va xarid vaqtida buni hisobga olish kerak. Aks holda xarid qilish chog’ida tushunmovchiliklar kelib chiqadi, bu esa ortiqcha sarf-harajatga sabab bo‘ladi. Shuni, unutmangki, gips va alebastrning farqi sezilardi darajada.
  • Alebastrning qo‘llanilish sohasi gipsga nisbatan kichikroq bo‘ladi.
  • Alebastr juda tez qotadi, shu sababli qo‘shimchalar qo‘shmagan holatda uni ishlatib bo‘lmaydi.
  • Inson salomatligi va atrof-muhit uchun xavfsiz mahsulot – gips hisoblanadi. Alebastr bunday xususiyat bilan ajralib turmaydi.
  • Alebastr gipsga nisbatan qattiqroq bo‘ladi. Shu sababli aksariyat imoratlar qurilishida ko‘proq gips mahsulotlari afzal bilinadi.
Buyurtma
Sifatli va ishonchli gipsni qayerdan xarid qilish mumkin?
Bu borada sizga «Euro Gips» korxonasi yordam beradi.
Korxona tomonidan ishlab chiqariladigan qurilish gipsi quyidagi afzalliklarga ega:
  • Issiqlikni deyarli o‘tkazmaydi.
  • Zaruriy sifat talablariga to‘liq javob beradi.
  • Qotgandan keyin hid chiqarmaydi.
  • Ekologik toza mahsulot hisoblanadi.
  • Orzuingizdagi interyerni yaratishga ko‘mak beradi
  • Qotgan gips har qanday kuchli zarbaga dosh bera oladi.
  • Laboratoriya tekshiruvlari har kuni o‘tkaziladi.
  • Rangi sof oq ko‘rinishda, shuning o‘ziyoq uning yuqori sifatidan darak beradi.
Buyurtma

Xarid qilingan gips qanday saqlanadi?

Mineral g‘ovakdor tuzilishga ega bo‘lgani sababli ham namlikni osongina singdirib oladi, shuning uchun uni qadoqlashda ham ma’lum qoidalarga qat’iy amal qilish kerak. Gips mahsuloti uchun uning zich yopilishi va tarkibga namlik ta’sir ko‘rsatmasligi juda muhim. Yana bir e’tiborli jihati shundaki, gips qadoq ichida bo‘lishiga qaramay, uni bevosita yerning o‘ziga qo‘yib bo‘lmaydi.

Gips kerakli sharoitda saqlangan holatda ham oradan vaqt o‘tib o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi, ammo yaroqlilik muddatining o‘tib qolgani undan foydalanib bo‘lmasligini anglatmaydi. Ba’zan tajribali ustalar gipsni qo‘llashdan avval uni tekshirib ko‘rishadi. Agar gipsdan tayyorlangan aralashma talablarga javob bersa, uni tajribali mutaxassis nazorati ostida qurilish ishida qo‘llash mumkin. Aralashmani sinovdan o‘tkazish uchun ko‘p hollarda uni metall yoki shisha yuza ustiga surtib ko‘rishadi.

Eng muhimi, gips mahsuloti oliy sifatga ega bo‘lishi kerak. Sifatsiz gips juda tez buziladi va ishlatish uchun yaroqsiz holatga kelib qoladi. Faqatgina yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan gips mahsulotini nisbatan uzoq saqlash va uning yordamida mukammal natijaga erishish mumkin.

10+ YILDAN BERI
SOTUVDA!

Yetkazib berish xizmati

Katta miqdordagi sement mahsulotlari
Qoplardagi mahsulotlar
45 tonnagacha sement
10+ YILDAN BERI
SOTUVDA!

Nima uchun aynan "Euro Gips"?

  • Korxona oliy sifatga ega bo‘lgan, eksportbop hamda import o‘rnini bosa oladigan mahsulotlar taqdim qiladi, ularning sifatini kafolatlaydi.
  • «Euro Gips» mahsulot sifatini nazorat qilish uchun zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalariga ega. Bu texnologik jarayonni nazorat qilishga imkon beradi, tahlillar tezligi va mahsulot sifatini kafolatlaydi.
  • Korxonadagi ishlab chiqarish jarayoni doimiy ravishda takomillashtirib turadi.
  • «Euro Gips» hamkorlar bilan ishlash masalasida ham katta tajribaga ega. Uning doimiy hamkorlari orasida Euro Asia, Dommix, Forus, Megamix, Eleron kabi korxonalar mavjud.
  • Ishlab chiqarish jarayonida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar ishtirok etishadi.

Zamonaviy qurilish bozori haddan tashqari katta, tanlov qilish imkoniyati va mahsulotlar hilma-hilligi insonni shoshirib qo‘yadi. Shu sababli xarid tanlovi ko‘pchilikka qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Bu borada xato qilmaslik juda muhim, ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar mahsulotiga diqqat qaratgan ma’qulroq.
Uyingizni, dala hovlingizni, bog‘ingizni, xonadoningizdagi xonalarning ichki qismini gips qo‘llagan holatda bezatish istagida bo‘lsangiz, ishonchli va sifatli mahsulot xarid qilish masalasiga bee’tibor bo‘lmang.
Har qanday turdagi qurilish ishlarining yakuniy natijasi unda ishlatiladigan xomashyo sifatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Shu boisdan sifatli, ishonchli va hamyonbop narxga ega bo‘lgan mahsulot xaridiga jiddiy yondoshish kerak. Sifatli gips mahsulotini uning ko‘rinishidan ham osongina farqlash mumkin. Undan ham yaxshisi esa – mahsulotni tajribali va ishonchli joydan xarid qilishdir. «Euro Gips» bu masalada sizning eng yaqin yordamchingizga aylanadi. Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan gips Farg‘ona vodiysining ushbu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini qondirib kelmoqda. Mahsulotlarimizning imkoniyatlari va oliy darajadagi sifat sizga ma’qul keladi.

Mijozlar biz haqimizda

Internetdan qidirib topib, EURO GIPS ni tanlashga qaror qildim. Ular istalgan miqdorni yetkazib berishlari mumkin, ularda barcha turdagi gipslar bor. Agar siz sifatli gipsni arzonroq narxda sotib olishni istasangiz, uni to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqaruvchidan sotib oling.

Toshkentda dalahovli egasi

Biz qurilishimiz uchun EURO GIPS mahsulotlaridan foydalanganmiz. Ular qurilish kompaniyalariga juda raqobatbardosh narxlarni taklif qilishadi va bizning obro'imiz biz quradigan binolarning sifatiga bog'liqligini tushunishadi. Biz EURO GIPS-ni tavsiya qilamiz.

Qurilish kompaniyasi mutaxassisi

10 yildan buyon sotuvda!

«Euro Gips» – O‘zbekiston qurilish bozorlarida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, gips toshi va biriktiruvchi gips ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxona. Bizning zavod G6 va G7 markali gips mahsulotlarini taklif etadi.

Xodimlar
+
Sertifikatlar
+
Mukofotlar
+

Yangiliklar

Antik davrda sement!

📌 Olimlarning hisoblashicha, bugun qurilish uchun eng asosiy mahsulot hisoblangan sement bundan 12 million yil avval tabiiy ravishda shakllangan ekan. 🗿 Qadimgi davlatlar – Ossuriya va bobilliklar loyni ushlab turish uchun qisman sementdan foydalanishgan. Qurilishda tengsiz bo‘lgan misrliklar esa ohak va gipsli sement ishlatishgan. 🏛 Muhtasham Rimda qurilish materiali sifatida sement qo‘shilgan betonning qabul qilinishi […]

Sement haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

📌 Hayotimizga chambarchas bog‘lanib ketgan sement haqida nimalarni bilasiz? Keling, qisqa faktlar bilan bo‘lishamiz: 🔹 Qadimgi Misrda sement Misrning maxfiy labirintlari va Nimus piramidasi qurish jarayojlarida keng ishlatilgan. 🔸 Eramizdan 2000 yil oldin sementdan Rim akveduki (ulkan suv o‘tkazgichi) qurilgan. 🔹 1824-yilda ingliz tadqiqotchisi D. Aspind sement tayyorlashga ruxsat oldi. Uzoq samarasiz tadqiqotlardan so‘ng, olim, […]

Portlandsementning yaratilish tarixi

☑️ Portlandsement sementning boshqa turlariga nisbatan dunyo bo‘ylab keng tarqalgan va u ko‘plarning tanlovi. ⏳ Uning tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Portland sement nomi ingliz tilidan olingan. Aslida, Portland Buyuk Britaniya shaharlaridan birining nomi. 🔘 Sementning ushbu turi yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgani sabab XX asr o‘rtalarida romansementni ortda qoldirdi. 📄 Porlandsementning tarkibi, asosan, kalsiy silikatlardan iborat. […]

Hamkorlarimiz

Manzilimiz

?>